Yer talon-toroj qilinishi bilan bogʻliq jinoyat fosh etildi

Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilgan tekshirish davomida, fermer xoʻjaligi rahbari I.B. tomonidan Bogʻot tuman hokimining qaroriga asosan oʻzi rahbarlik qilib kelayotgan “M.R” fermer xoʻjaligiga 46 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratilgan jami 29,8 gektar ekin yerining 7,3 gektar sugʻoriladigan qismida noqonuniy ravishda sunʼiy koʻl tashkil qilib, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligiga yoʻl qoʻyib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1 mlrd. 822 mln. soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan I.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 197-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kasbida bir yoʻla 5 ta yirik sanoat korxonasi barpo etilmoqda
- Ekologlar xulosasi: Yer maydonining 99 foizi xavfli zarralar bilan ifloslangan
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring