Yer sayyorasining narxi maʼlum qilindi

16:05 30 Noyabr 2020 Dunyo
388 0

AQSHning Santa-Kruz shahridagi Kaliforniya universiteti astrofizik olimi Greg Laflin oʻz formulasini yaratdi va sayyoramizning taxminiy qiymatini maʼlum qildi. Uning hisob-kitoblariga koʻra, Yer besh kvadratrillion dollarga teng.

“Mail Online”ning yozishicha, olim oʻz hisob-kitoblarida Yerning massasi, harorati, yoshi va hayotni qoʻllab-quvvatlash qobiliyatiga taʼsir qiluvchi boshqa koʻplab omillarni hisobga olgan.

“Yer Quyosh tizimidagi eng qimmat sayyora boʻlib chiqdi”, deb taʼkidlamoqda olim taqqoslash uchun Marsning narxi atigi 16 ming AQSH dollarini tashkil qilishini qoʻshimcha qilgan holda.

“Qizil sayyoraning bunday arzonligi uning hayot rivojlanishiga mos emasligi bilan bogʻliq”, deya izoh berdi Laflin.

Venera esa, astrofizikning hisob-kitoblariga koʻra, atigi bir sent turadi.

Astrofizikning qayd etishicha, qiymati 80.000.000 dollardan kam boʻlgan sayyoralarni odamlar uchun potensial yangi uy deb hisoblab boʻlmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?