Yer oldi-sotdisi bilan bogʻliq jinoyat fosh etildi — Bosh prokuratura

19:38 19 Sentyabr 2022 Jamiyat
401 0

Fuqaro B.A.ning Navoiy viloyat IIB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Fuqaro M.Sh. va boshqalar Karmana tumani, “Argʻun” MFY hududidan “A.N.K” MCHJga issiqxona qurish uchun ajratilgan 2,2 gektar ekin yer maydonini 200 ming AQSH dollariga sotishga hamda ushbu yer maydonida namunali turarjoy binolari qurish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishga kelishib, kelishilgan pullardan 20 ming AQSH dollarini ariza muallifidan firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?