Yer maydonlari savdosi bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

13:39 03 Aprel 2023 Jamiyat
558 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tuman boʻlimi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.X. Yuqorichirchiq tumani, “Birlik” MFY hududidagi “R.T.” MCHJga qarashli 7,8 gektar yer maydonini fuqaro M.X.ga 144 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida yer maydoni kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro K.F. oʻgʻli Sh.F.ning Samarqand tumanidagi “Q.M.” fermer xoʻjaligining 15 gektar yer maydonini firibgarlik yoʻli bilan fuqaro X.F.ga har bir gektarini 1 000 AQSH dollaridan hisoblab sotishga kelishib, 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер