Yer maydonlari ajratib berish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari aniqlandi

17:54 18 Mart 2023 Jamiyat
561 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.S. va boshqalar Payariq tumanidagi “Oʻ.B.” fermer xoʻjaligining 0,70 gektar yer maydonini issiqxona qurish uchun fuqaro S.I.ga ajratib, hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 4 500 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Departamentning Margʻilon shahar boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.F.” AJ buyum bozori nazoratchisi A.Sh. va fuqaro S.S. tadbirkor X.I.ga ushbu buyum bozori hududidan savdo nuqtasi uchun yer maydoni ajratib, hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 25 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlanib, ushbu pullarni toʻliq qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер