Yer maydonidan mahrum boʻlgan tadbirkorga 7,9 milliard soʻm berildi

16:10 14 Avgust 2022 Jamiyat
357 0

Fargʻona viloyatida faoliyat yurituvchi “Entity” MCHJ (nomi oʻzgartirilgan) onlayn auksion natijasi boʻyicha toʻlangan mablagʻlarni qaytarilishida yordam soʻrab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Xususan, tadbirkor onlayn auksionda qatnashib, 46 gektar yer maydonini xarid qilgan. Ammo keyinchalik, Fargʻona tumanlararo maʼmuriy sudining qarori bilan mazkur yer maydonini onlayn savdolariga chiqarish qonunga xilof va mazkur onlayn savdo haqiqiy emas deb topilgan. Shunga qaramasdan tadbirkor tomonidan yuqoridagi yer maydoni uchun toʻlangan 7,9 milliard soʻm qaytarib berilmagan.

Biznes-ombudsmanning aralashuvi bilan “Entity” MCHJ tomonidan yer maydoni uchun toʻlangan 7,9 milliard soʻm kaytarib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?