Epshteyn fayllarida Zelenskiyning nomi ham tilga olingan — RIA Novosti

10:45 03 Fevral 2026 Dunyo
430 0

Jeffri Epshteyn ishi boʻyicha eʼlon qilingan yangi materiallarda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning odam savdosi bilan ehtimoliy bogʻliqligi haqida daʼvolar uchraydi. AQSH Adliya vazirligi tomonidan oshkor etilgan hujjatlarda shu kabi maʼlumotlar mavjud, deb yozmoqda RIA Novosti.

Xususan, muallifi nomaʼlum boʻlgan elektron xatlardan birida Zelenskiyga tegishli aktivlar manbasini tekshirish talab qilingan. Bu talab Fransiyalik model agent Jan-Lyuk Bryunel faoliyati bilan bogʻlanadi. Bryunel voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiyaga jalb qilishda Jeffri Epshteynga yordam berganlik va bir qator zoʻravonlik jinoyatlarida ayblangan.

Mazkur elektron xatda Jan-Lyuk Bryunel Ukraina hududida odam savdosini tashkil etishda masʼul boʻlgani haqida daʼvo ilgari suriladi. Shu asosda Zelenskiyning mol-mulki va ularning kelib chiqish manbalariga nisbatan tergov oʻtkazish taklif etilgan.

Juma kuni AQSH bosh prokurori oʻrinbosari Todd Blansh Epshteyn ishi boʻyicha materiallarni oshkor etish jarayoni yakunlanganini maʼlum qildi. Uning aytishicha, soʻnggi eʼlonlar bilan birga jamoatchilikka taqdim etilgan hujjatlar hajmi 3,5 milliondan ortiq faylni tashkil etgan.

Ushbu maʼlumotlar orasida rasmiy hujjatlar, elektron yozishmalar, shuningdek, marhum moliyachining jinsiy ekspluatatsiya maqsadida odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarini tergov qilish jarayoniga oid foto va videomateriallar ham mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?