EPS-Topik test imtihonida telefondan foydalanishga urinish holatlari aniqlandi

Koreya Respublikasida vaqtinchalik ishlash istagida boʻlgan fuqarolar uchun Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan EPS-Topik test imtihonlarida boshqa fuqaro oʻrniga testga kirish va testda qoʻshimcha vositalardan foydalanishga urinish holatlari qayd etilayotgani hamda buning oqibatlari haqida xabar berilgan edi.
Shunga qaramay, 20-iyun kuni roʻyxatdan oʻtgan 4 nafar fuqaroning, bugun, 22-iyun kuni 1 nafar fuqaroning telefon va maxsus vositalardan foydalanishga urinish bilan bogʻliq harakatlari aniqlandi. Ushbu holatlar bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.
"Shu munosabat bilan, test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 3 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum boʻlishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantiramiz.
Imtihon jarayonida barcha tartib-qoidalarga rioya qilishga chaqiramiz" deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rasmiy axborotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring