EPS-Topik test imtihonida maxsus vosita olib kirmoqchi boʻlgan shaxs aniqlandi

09:30 06 Iyul 2022 Jamiyat
338 0

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan EPS-Topik test imtihonlarida boshqa fuqaro oʻrniga testga kirish va testda qoʻshimcha vositalardan foydalanishga urinish holatlari qayd etilayotgani va buning oqibatlari haqida ogohlantirilgan edi.

Shunga qaramay, roʻyxatdan oʻtgan fuqaro F.A. maxsus vositani testga olib kirishga uringanida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?