Eplaganga elakda suv

14:04 11 Fevral 2025 Jamiyat
109 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Mutaxassislarning maʼlum qilishicha, 2050-yilga borib Yer yuzida suv tanqisligi bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelishi mumkin. Afsuski, bu holat mamlakatimizni ham chetlab oʻtmaydi. Shu bois bugungi kunda suv zaxiralaridan aniq maqsadda unumli foydalanish talab etiladi. Andijon viloyatidagi mavjud ariqlarni betonlash orqali “obihayot”ni tejash ishlariga kirishildi.

— Mahallamizdagi ariqqa suvni “Qoradaryo” kanalidan olamiz, — deydi Baliqchi tumanidagi “Sarnovul” MFY raisi Ahmadjon Mirzayev. — Afsuski, koʻchaning oxirida joylashgan xonadonlarga suv yetib bormas edi. Hozir 2 kmdan iborat ichki ariqni betonlash orqali isrofgarchilikning oldi olinib, har bir tomorqani sugʻorish imkoniyati yaratilmoqda. Vaholanki, avvallari suvning 60 foizi behuda sarflanayotgandi. Endilikda bir soniyada 200 litrni tejashimiz mumkin boʻladi. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida suvdan foydalanish koeffitsiyenti 90 foizga yetkazilmoqda.

Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, mavjud ariqlarni betonlash orqali tuman boʻyicha iqtisod qilinishi rejalashtirilgan suv miqdori 4 mln. metr kubni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?