Eng rivojlangan mamlakatlar ham har bir turist uchun talashayotgan paytda, bizdagi ortiqcha cheklovlarni hammasini qayta koʻrib chiqish kerak — Prezident

20:27 19 Sentyabr 2022 Siyosat
457 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

«Dyuti fri» va «taks fri» tizimlarini joriy etish boʻyicha qaror imzolanganidan 3 yil oʻtganiga qaramay, bu borada sustkashliklarga yoʻl qoʻyilayotgani tanqid qilindi.

Turizm vaziri A.Abduhakimov, moliya vaziri T.Ishmetov, Soliq qoʻmitasi raisi Sh.Qudbiyev va Bojxona qoʻmitasi raisi A.Mavlonov qatʼiy ogohlantirildi: ushbu tizim 2023-yil 1-yanvardan toʻliq ishga tushishi shart.

Videoselektor yigʻilishida sayyohlik tashkilotlariga qoʻyilgan talablarni soddalashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Misol uchun, bugungi kunda mehmonxona tashkil etish uchun 97 ta, “yulduz” olish uchun esa 138 ta talab mavjud.

“Agar turizm sohasida raqobat qilishni istasak, birinchi navbatda, mehmonxonalar sifatiga alohida eʼtibor qaratishimiz zarur”, dedi Prezident.

Mehmonxonalar tashkil etish uchun talablarni xalqaro standartlar asosida soddalashtirish topshirildi.

Turistlarni ichki ishlar idoralarida roʻyxatga olish tizimi ham yengillashtirilishi lozimligi koʻrsatib oʻtildi.

“Eng rivojlangan mamlakatlar ham har bir turist uchun talashayotgan paytda, bizdagi ortiqcha cheklovlarni hammasini qayta koʻrib chiqish kerak”, dedi davlatimiz rahbari.

Shu munosabat bilan turizm va ichki ishlar vazirlariga xorijiy turistlarni ichki ishlar idoralarida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uchun ruxsat olishdan onlayn xabardor qilish tartibiga oʻtkazish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер