Eng qimmat va eng arzon palov qaysi hududlarda sotildi?

2024-yil dekabr oyida eng qimmat palov Toshkent shahrida, eng arzoni esa Namangan viloyatida sotildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Statistika agentligi hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning oʻrtacha narxlarini oʻrgandi.
Palov eng qimmat sotilgan uch hudud: Toshkent shahri (35 700 soʻm), Buxoro viloyati (33 700 soʻm) va Andijon viloyati (31 200 soʻm).
Palov eng arzon narxda sotilgan uch hudud: Sirdaryo viloyati (25 700 soʻm), Qoraqalpogʻiston respublikasi (25 700 soʻm) va Namangan viloyati (22 200 soʻm).
Qolgan hududlarda 1 porsiya oshning oʻrtacha narxi:
Xorazm viloyati – 30 900 soʻm;
Qashqadaryo viloyati – 30 700 soʻm;
Samarqand viloyati – 30 500 soʻm;
Jizzax viloyati –28 800 soʻm;
Surxondaryo viloyati – 28 600 soʻm;
Toshkent viloyati – 27 300 soʻm;
Navoiy viloyati – 26 800 soʻm;
Fargʻona viloyati – 26 600 soʻm.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- “Bilmak Navoiyni — zoʻr maʼrifat nishoni...”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring