Eng qadimiy «smaylik»

08:28 31 Mart 2021 Dunyo
503 0

Turk va italyan arxeologlaridan iborat guruh ustiga kulayotgan inson yuzining tasviri tushirilgan koʻza topilgani haqida xabar berdi.

Bu maʼlumotni guruh rahbari, Boloniya universitetining professori Nikola Marketti ochiqladi.

Uning aytishicha bu mavsumning eng yaxshi topilmasi Turkiyaning Gʻoziyontop viloyatining Qorqamish shahrida olib borilgan arxeologik izlanishlar davomida shu koʻzaga duch kelingan:

«Koʻza eramizdan avvalgi 1700-yilga oid. Aytish mumkin boʻlsa, biz dunyodagi eng qadimiy «smaylik»ni topib oldik. Lekin, kulol nega bunday qilgani bizga nomaʼlum.»

Qoʻza Gʻoziyontop Arxeologiya Muzeyiga topshirildi.

Qayd etish joizki, Suriya bilan chegaradosh hisoblangan Qorqamish shahrining yoshi 5 ming yilga teng.

Rahmatjon Bobojonov
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?