“Eng namunali vazirlik va idora” respublika koʻrik tanlovi uchun 21 ta vazirlik va idoralar ariza topshirdi

11:20 25 Avgust 2022 Jamiyat
426 0

Foto: Arxiv surat

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining axborot xizmati rahbari Egamberdi Xoʻjamurodov Markaz tomonidan 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

Shuningdek, qayd etilishicha, Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari tomonidan “Eng namunali tuman va shahar” nominatsiyasiga 5 ta shahar va 9 ta tuman tavsiya qilingan.

Joriy yilda Markaz tomonidan xalqimiz farovonligi yoʻlida fidokorona xizmat qilgan 103 nafar yurtimiz qahramonini oʻzida jamlagan “Oʻzbekiston Qahramonlari” kitobi nashr qilindi.

22-25-avgust kunlari Toshkent shahrida “Maʼnaviyat festivali” festivali doirasida “Uchinchi Renessans – maʼrifatli jamiyat sari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?