Eng namunali mahallaga Prezident sovgʻasi sifatida elektromobil sovgʻa qilinadi

15:56 03 Aprel 2024 Siyosat
297 0

Davlatimiz rahbari yana bir muhim masalaga toʻxtalib oʻtdi.

Tabiat uygʻongan bugungi kunlarda hamma joylarda mevali va manzarali daraxtlar, gul, rayhon koʻchatlari ekish jadal ketmoqda.

Toshkent shahridagi 585 ta mahallada ham daraxt va gullar ekish, hududni obodonlashtirish, sharoiti ogʻir oilalar, yolgʻiz qariyalar, imkoniyati cheklangan odamlarni holidan xabar olib, ularni koʻnglini koʻtarish muhimligi taʼkidlandi.

Shu maʼnoda, davlatimiz rahbari mahallalar oʻrtasida tanlov oʻtkazib, yil yakuni bilan eng namunali mahallaga Prezident sovgʻasi sifatida elektromobil sovgʻa qilish tashabbusini bildirdi.

Yigʻilish davomida muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti, jamoatchilik vakillarining fikr va takliflari tinglandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?