Eng kichigi 14 yoshda: Qoʻngʻirotda 4 kishini tuproq bosib qoldi. Ulardan 3 nafari vafot etdi

21:39 09 Iyun 2021 Jamiyat
5255 0

2021-yil 9-iyun kuni soat 05:30 larda fuqaro S.U.(1990-y.t.), voyaga yetmaganlar S.K.(2006-y.t.), S.M.(2007-y.t.) va D.M.(2004-y.t.) Qoʻngʻirot tumani, «Suoʻyenli» OFY hududining choʻl qumlik qismida, yer ostida boʻlgan suv quvurini qazib olayotgan vaqtida, tuproq oʻpirilib bosib qolgan. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, natijada fuqaro S.U., S.K. va S.M. voqea joyida vafot etgan, voyaga yetmagan D.M. esa tuproq ostidan chiqarib olinib, Qoʻngʻirot tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻngʻirot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?