Endilikda Toshkent davlat stomatologiya instituti bitiruvchilarining diplomi jahon miqyosida tan olinadi
Bugungi kunda ilk bor Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari orasida Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyo tan olgan Butunjahon tibbiy taʼlim federatsiyasi tomonidan (WFME prezidenti Devid Gordonning tavsiyasi, ekspertlar xulosasi va talablari asosida) xalqaro akkreditatsiyadan oʻtdi.
Endilikda Toshkent davlat stomatologiya instituti bitiruvchilarining diplomi jahon miqyosida tan olinadi.
Mazkur xalqaro akkreditatsiya Oʻzbekistondagi taʼlim dasturlarining xalqaro sifat standartlariga mosligini baholash jarayoni boʻlib, Oliy taʼlim sifati kafolati Yevropa assotsiatsiyasi (ENQA) aʼzosi va Sifat kafolati agentliklari Yevropa reyestrida (EQAR) mavjud mustaqil xorijiy agentlik tomonidan oʻtkazildi.
Bu eʼtirof institut jamoasi uchun xalqaro taʼlim maydonida imkoniyatlarni kengaytiradi. Xususan, taʼlim dasturlarining dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinishi, xorijiy OTMlar bilan hamkorlik oʻrnatish va rivojlantirish, taʼlim jarayonlari oshkoraligi va ochiqligini taʼminlash, bitiruvchilar kompetentligini oshirishga xizmat qiladi.
Toshkent davlat stomatologiya institutiga xalqaro akkreditatsiya sertifikatini topshirishga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbirda Sogʻliqni saqlash vaziri B. Musayev hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. Toshqulov ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring