Endilikda para sportchiga hamrohlik qilganlarga ham maosh toʻlanadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Adaptiv sport turlari boʻyicha kadr tayyorlash va malakasini oshirish tizimi ham oʻzgaradi. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent filiali inklyuziv sport boʻyicha tayanch oliygohga aylanadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtildi.
Sport vaziri A.Ikramov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Sh.Mirziyoyeva, Paralimpiya qoʻmitasi raisi M.Tashxojayevga tegishli qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Prezidentimiz bugun para sportchilarimiz erishayotgan natijalarda ularga tunu kun hamrohlik qilayotgan fidoyi insonlarning hissasi katta ekanini taʼkidladi.
Endilikda oʻquv-yigʻin mashgʻuloti, respublika va xalqaro musobaqalarda para sportchiga hamrohlik qilganlarga transport va yashash xarajatlari qoplab beriladi. Ularga har oyda sport maktablari trenerlari oyligiga teng miqdorda maosh toʻlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring