Endilikda barcha vazirlik, idoralar rahbarlari “El-yurti umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan aloqa oʻrnatadi

Maqsad — mamlakatimizda soha va tarmoqlarni rivojlantirish uchun yosh mutaxassislarga ish sharoitlarini yaratib berish, stipendiatlar bilan doimiy muloqot oʻrnatish.
Ushbu formatdagi ilk uchrashuv Jamgʻarmaning xorijda IT va aniq fanlar yoʻnalishida tahsil olayotgan stipendiatlari uchun tashkil etildi.
Muloqotda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Otabek Xasanov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi rahbariyati ishtirok etdi.
Dastavval yoshlarimizning yashash va oʻqish sharoitlari haqida suhbatlashildi. Shundan soʻng, uchrashuv maqsadi, sohadagi dolzarb masalalar haqida yosh mutaxassislarga maʼlumot berildi. Tizimni rivojlantirish boʻyicha ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Vatani va yaqinlari sogʻinchi bilan xorijda yashab, tahsil olayotgan yoshlarimiz ushbu muloqot ularni xursand qilganini, Davlatimiz rahbarining eʼtibor va gʻamxoʻrligi motivatsiya berayotganini taʼkidlashdi.
— Biz bilim va tajriba orttirib qaytgan yosh mutaxassislarimizni vazirlik va tizim tashkilotlariga ishga qabul qilishga tayyormiz, — dedi vazir Sherzod Shermatov. — Shuningdek, bugun sizlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa bogʻladik va ushbu muloqot maydonimiz tizimni rivojlantirishda samarali boʻladi.
Maʼlumot uchun, endilikda barcha vazirlik, idoralar rahbarlarining Jamgʻarma stipendiatlari bilan tizimli ravishda muloqotlari tashkil etib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring