Endi koronavirusni davolashda yangi preparatlardan foydalanilishi mumkin

15:58 22 Aprel 2022 Jamiyat
939 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus tufayli kasalxonaga yotish xavfi yuqori boʻlgan bemorlarni davolash uchun yangi preparatlarni tavsiya qildi.

“Paxlovid” savdo belgisi ostida chiqariladigan, nirmatrelvir va ritonavir nomli ushbu dorilar emlanmagan, keksa yoshli hamda immuniteti zaif odamlarni muolaja qilishda, ayniqsa yaxshi samara beradi.

Virusga qarshi ushbu preparatlar ogʻiz orqali qabul qilishga moʻljallangan. Ular SOVID-19 tufayli kasalxonaga tushish xavfini 85 foizga kamaytiradi.

Biroq JSST yuqori xavf guruhiga mansub boʻlmagan bemorlar nirmatrelvir va ritonavir preparatlarini qabul qilmagani maʼqul, degan xulosada. Chunki 3 ming nafar kishida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari shuni tasdiqlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?