Endi Hisob palatasi, Moliya vazirligi va ichki audit xizmatlari har chorakda jamoatchilikka hisob beradi

15:11 30 Avgust 2021 Iqtisodiyot
829 0

“Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari va turlariga qoʻshimcha quyidagilar amaliyotga joriy etiladi:

moliyaviy audit;

muvofiqlik auditi;

samaradorlik auditi.

2021-yil 1-oktyabrdan Hisob palatasi, Moliya vazirligi va ichki audit xizmatlari har chorakda OAV vakillari ishtirokida jamoatchilikka oʻz hisobotlarni eʼlon qilib boradi.

2022-yil 1-yanvardan moliyaviy nazorat tadbirlari faqatgina nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritilgan subyektlarda amalga oshiriladi (kameral nazorat va qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa holatlar bundan mustasno).

2022-yil 1-yanvargacha “Davlat auditi” dasturiy kompleksi ishga tushiriladi. Unga koʻra:

byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarda oʻtkazilgan barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit xizmatlarining audit tadbirlari “Davlat auditi” dasturida roʻyxatga olinadi;

har bir nazorat tadbiri uchun oʻrganiladigan savollar, tadbirning predmeti, maʼlumotlarni jamlash va tahlil oʻtkazish tartibini oʻz ichiga olgan nazorat tadbirini oʻtkazish rejasi tuziladi;

“Davlat auditi” dasturida roʻyxatga olinmagan nazorat tadbirlari noqonuniy hisoblanadi.

2022-yildan Moliya vazirligi va har bir ichki audit xizmati tomonidan har chorakda fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi orqali aniqlangan kamida 2 tadan obyektda nazorat tadbirini oʻtkazish tizimi joriy etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?