Endi diplom maʼlumotlarini elektron shaklda olish mumkin

10:16 01 Oktyabr 2022 Jamiyat
321 0

Foto: Illustrativ surat

Oliy taʼlim tizimi jarayonlari raqamlashtirilish ishlari davom etmoqda. Jumladan, oliy taʼlim muassasasini tugatganlik toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlarini elektron shaklda olish uchun diplom.edu.uz axborot tizimi ishlab chiqildi.

Tizim quyidagi jarayonlarni oʻz ichiga oladi:

— bitiruvchilarning diplom maʼlumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;

— diplom maʼlumotlari mavjud boʻlmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali roʻyxatdan oʻtib, maʼlumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom maʼlumotlari toʻgʻriligini tasdiqlaydi.

Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda maʼlumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom maʼlumotlarini kiritish talab etilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?