Endi “Afrosiyob” elektropoyezdi Dashtobod bekatida ham toʻxtab oʻtadi

13:19 04 Oktyabr 2022 Jamiyat
337 0

Yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2022-yilning 17-oktyabrdan 764/763-sonli Toshkent — Samarqand—Toshkent yoʻnalishidagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi (Zomin) Dashtobod bekatida toʻxtab oʻtadi.

Shu maqsadda Dashtobod bekatida chiptaxona va kutish zali tashkillashtiriladi.

Harakat jadvali quyidagicha:

— 764-sonli poyezd Toshkent 8:25 — Dashtobod 9:32-09:34 — Samarqand 10:38;

— 763-sonli poyezd Samarqand 16:11 — Dashtobod 17:14-17:16 — Toshkent 18:25;

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?