Emmanuel Makron, Mario Dragi va Olaf Shols qachon Kiyevga kelish maʼlum boʻldi

23:54 13 Iyun 2022 Dunyo
616 0

Illyustrativ foto

Joriy yilning 16-iyun kuni Italiya bosh vaziri Mario Dragi, Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya prezidenti Emmanuelt Makronning Kiyevga safari rejalashtirilgan. 

Germaniya kansleri, Fransiya prezidenti va Italiya bosh vaziri Kiyevga qoʻshma tashrif buyurishga qaror qilgani 11-iyun kuni maʼlum boʻldi. Oldinroq ushbu tashrif 26-28-iyun kunlariga moʻljallangan Katta yettilik sammiti oldidan amalga oshirilishi aytilgan edi. Germaniya va Fransiya bu safar haqida anchadan beri muzokaralar olib borgan. Shuningdek, siyosatchilarning ushbu tashrifi orqali Ukraina masalasida Yevropaning birligiga ishora qilinmoqda.

Makronning Kiyevga ehtimoliy tashrifi haqida avvalroq "Le Figaro" gazetasi xabar bergan edi. 

24-fevral kuni Rossiya prezidenti tomonidan Ukraina hududiga boshlangan “maxsus harbiy operatsiyasi”dan keyin Kiyevga AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va bir qator amerikalik amaldorlar, jumladan, AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi kelib ketdi. 

Ukraina rasmiylari Amerika yetakchisi Jo Baydenning Kiyevga tashrif bilan kelishini talab qilmoqda. Ammo hozircha bunday rejalar yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер