Emlanganlarga ham xavfli boʻlgan koronavirus mutatsiyasi aniqlandi

02:22 05 Iyun 2021 Dunyo
1374 0

Dehlidagi Butunhindiston tibbiyot fanlari instituti olimlari hatto vaksina olganlarga xavfli boʻlgan koronavirusning uchta shtammini birlashtirgan mutatsiyasini aniqlashgan.

Bu haqda “News Bytes“ nashri xabar bermoqda. Nashrga koʻra, hind shifokorlari yaqinda emlanganlar orasida virus yuqtirishning 63 holatini qayd etishgan. Ulardan 36 nafari vaksinaning ikki dozasini olib boʻlgan. 27 nafari faqat bitta dozani qabul qilgan. Virus bilan zararlanganlarning ayrimlari Buyuk Britaniyaning ”Covishield“, baʼzilari esa Hindistonning ”Covaxin” vaksinasi bilan emlangan.

Olimlarning fikriga koʻra, emlangan bemorlar uchta shtammni oʻz ichiga olgan mutatsiya — V.1.617 viruslar qatorini yuqtirgan.

Birinchi marta ushbu yoʻnalish shtammlari Hindistonning Maxarashtra shtatida qayd etilgan edi. Taʼkidlanishicha, ushbu agressiv mutatsiyalar mamlakatda pandemiyaning ogʻir yana bir toʻlqini keltirib chiqarishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?