Elektroset xodimi deb aytilgan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatilmagan

09:29 17 Avgust 2022 Jamiyat
172 0

Foto: Illustrativ surat

Joriy yilning 15-avgust kuni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan xabar yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum boʻlishicha, “Elektroset xodimida daxlsizlik immunitetimi?” sarlavhasi ostidagi xabarda Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani elektr tarmoqlari korxonasining pora bilan qoʻlga tushgan 2 nafar xodimi (Qodirov Suxrob va Murod) qoʻyib yuborilib, ish yopilganligi maʼlum qilingan.

Joriy yilning oʻtgan davrida Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan Yangiyoʻl tumani elektr tarmoqlari korxonasining 2 nafar xodimi deya taʼkidlangan “Qodirov Suxrob va Murod” ismli shaxslarga nisbatan tezkor tadbir, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmagan hamda jinoyat ishi qoʻzgʻatilmagan.

Shu oʻrinda, ommaviy axborot vositalari vakillaridan Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasiga asosan har qanday axborot yoki xabarni eʼlon qilishdan oldin axborotning toʻgʻriligini tekshirib koʻrishlarini soʻrab qolamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?