Elektron Kundalik uchun obuna 30-noyabrdan boshlanadi. Obuna narxi 9200 soʻm

10:51 18 Noyabr 2020 Jamiyat
3803 0

2020/21 oʻquv yili boshlanishidan oldin Xalq taʼlimi vazirligi Kundalik tizimiga ulangan maktab oʻquvchilarining ota-onalariga qogʻoz kundalik sotib olmasliklari, uning oʻrniga elektron muqobiliga obuna boʻlish lozimligini maʼlum qilgan edi.

Elektron Kundalik platformasi bilan ishlash uchun ajratilgan sinov muddati tugagani munosabati bilan, elektron kundalik platformasining boshqa funksiyalaridan foydalanish uchun obuna boʻlish lozim boʻladi.

Qogʻozli oʻrniga elektron Kundalik

Elektron Kundalik platformasiga obuna narxi qogʻoz kundalikning oʻrtacha narxiga teng — 9 200 soʻm. Uch va undan ortiq farzandi bor oilalar uchun 10 foizlik chegirma mavjud.

Ushbu miqdorni toʻlab, ota-ona va oʻquvchining istagan boshqa yaqin qarindoshlari bir kalendar yil davomida bolaning maktab hayotini kuzatish imkoniga ega boʻladi.

Elektron toʻlovning ikki yoʻli mavjud: plastik karta hamda CLICK toʻlov tizimi orqali. Elektron kundalik uchun toʻlovni amalga oshirish yoʻriqnomasi bilan bu yerda tanishish mumkin.

‼️Kundalik obunasi uchun toʻlovni 30-noyabrdan eʼtiboran amalga oshirish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 23-noyabrdan sinov muddatining oxirgi 7 kuni boshlanadi. Ota-onalarga oʻzlarining profillaridan kirish va barcha farzandlarining kundaliklarini koʻra olishlarini tekshirishlari tavsiya etiladi.

Kundalikʻda ota-onaning bitta akkauntiga har bir farzandini “bogʻlash” mumkin. Buning uchun farzandingiz taʼlim olayotgan muassasaga murojaat qilish lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?