Elektromobil importi 3 barobardan oshgan

13:38 13 Avgust 2022 Jamiyat
465 0

Illustrativ foto

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 40,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 314 ta elektromobil import qilgan.

Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 901 taga yoki 3,2 barobarga oshgan.

2022-yilning 7 oyida Oʻzbekiston asosan qoʻyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

Xitoy – 1155 ta;

BAA – 81 ta;

Germaniya – 29 ta;

Gonkong – 29 ta;

Koreya – 7 ta;

Litva – 7 ta;

Estoniya – 2 ta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?