Elektrdan noqonuniy foydalanish tufayli jamiyat va davlat manfaatlariga 375 million soʻmdan ortiq zarar yetkazildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Maʼlum qilinishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.” Fermer xoʻjaligi ishchisi T.X. umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 215,4 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh qilingan.
Shu kabi yana bir holat Departamentning Koson tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ham aniqlangan.
Unga koʻra, fuqarolar H.Gʻ. va S.T. oʻzlariga tegishli yer maydonlaridagi ekinlarni sugʻorish maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga suv nasoslarini oʻzboshimchalik bilan hisoblagichdan tashqari toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, jami 160,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, —deyiladi departament xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring