Elektr energiyasini "tuya" qilgan tadbirkorlar aniqlandi

Mamlakatimizda bugungi kunda tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishi uchun yaratilgan keng imtiyoz va qulayliklar samarasi oʻlaroq, ushbu soha vakillarining iqtisodiyotdagi ulushi yana-da ortib borayotgani quvonchli holat, albatta. Biroq oʻz faoliyatini mavjud qonun talablari asosida rivojlantirish oʻrniga turli qonunbuzarlik yoʻllari bilan daromadini oshirishni koʻzlovchi “tadbirkor”lar ham, afsuski, uchrab turibdi.
“Oʻzenergoinspeksiya”ning Sirdaryo hududiy boʻlimi va Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyat boshqarmasi bilan birgalikda isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalari oʻrganilganda oʻgʻrilikning turli qingʻir usullardan foydalanayotganligi aniqlanmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, xususan, joriy yilning fevral oyida Guliston shahri eski dehqon bozor hududidagi isteʼmolchilarning elektr energiyasidan foydalanish qoidalari boʻyicha oʻrganish oʻtkazildi. Oʻrganish jarayonida umumiy ovqatlanish shoxobchalarida faoliyat olib borayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar J.Xasanov, B.Sadiyev, T.Makarova, J.Kazakovlar oʻz shoxobchalarida noqonuniy elektr tarmoqlariga ulanib olingani aniqlandi.
Shuningdek, Oqoltin tumani Sardoba shaharchasida joylashgan “Uddaburon Baraka Non” MCHJga qarashli non mahsulotlarini tayyorlash sexi ham noqonuniy elektr tarmoqlariga ulanib foydalanayotganligi aniqlandi.
Majburiy ijro byurosi Guliston shahar boʻlimi xodimlari tomonidan Isteʼmolchilarga nisbatan qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi. Natijada, 5 nafar yakka tartibdagi tadbirkor hamda “Uddaburon baraka non” MCHJga jami boʻlib 19 101 120 soʻm miqdorda korxonaga yetkazilgan zararning miqdori qayta hisob-kitob qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring