Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan YaTT va MChJlar aniqlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament bir nechta YaTT va MChJlarning energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlarini fosh etdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqoʻrgʻon va Pastdargʻom tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu holatlar aniqlangan.
Qayd etilishicha, ushbu hududlardagi “F.Z.” fermer xoʻjaligi rahbari G.X. hamda YaTT E.N. elektr suv nasoslarini tijorat maqsadida tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 217,4 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi holatlar Andijon viloyatida ham qayd etilgan. Departamentning Andijon shahri va Baliqchi tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqaro X.K. va “S.V.” MCHJ masʼul shaxslari tijorat maqsadida oʻzlariga tegishli savdo doʻkonlarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, jami 214,5 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari oshkor boʻlgan.
Departamentning Jizzax shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.B. yashash xonadonida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga ulanib, ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelib, jami 151,8 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi fosh qilingan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Oʻzbekistonliklar qaysi davlatlarga koʻproq sayohat qilishayotgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring