Eldor Shomurodovning goli «Roma»ga muhim gʻalabani taqdim etdi
Kecha Yevropa klublari oʻrtasida nufuzi jihatidan uchinchi oʻrinda turuvchi Konferensiyalar ligasida saralash bosqich oʻyinlari oʻtkazildi. Unda hamyurtimiz Eldor Shomurodov toʻp tepayotgan Rimning «Roma» klubi Turkiyada «Trabzonspor» jamoasi mehmoni boʻldi.
Mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov rimliklar safida dastlabki rasmiy oʻyinini oʻtkazdi va jamoasiga gʻalaba keltirgan toʻp muallifiga aylandi.
81-daqiqada Eldor toʻsindan qaytgan toʻpni «Trabzonspor» darvozasiga aniq yoʻllab, Joze Mourino jamoasiga muhim gʻalabani taqdim etdi. Shundan soʻng hamyurtimiz oʻz oʻrnini Borxa Mayoralga boʻshatib berdi.
Mazkur jamoalar oʻrtasidagi javob uchrashuvi 26-avgust kuni Rimda oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring