Elchi Samarqand shahar DXM xizmatidan foydalandi

14:47 13 Yanvar 2022 Jamiyat
342 0

Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazida xorijiy investor ishtirokidagi yana bir korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda DXA Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmatining maʼlum qildi.

“STANNUM TAURUS” MCHJ rangli metall rudalarni qazib olish va ishlab chiqaradi. Korxona Paxtachi tumanida tashkil etilgan boʻlib, aynan qalay qazib olish bilan shugʻullanadi.

— Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazida yaratilgan qulayliklar ochigʻi tahsinga sazovor, — deydi Oʻzbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi Dilyor Hakimov. — Ayniqsa, Oʻzbekistonga investitsiya kiritib, tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ishbilarmonlar uchun juda keng imkoniyatlar yoʻlga qoʻyilibdi. Aytishim kerakki, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg davlatlarida ham bunday markazlar bor, lekin ular bizdagilarga nisbatan ancha kichik va elektron tizimga oʻtgan. Tan olish kerak, xizmat koʻrsatish sifati rivojlangan davlatlarnikidan qolishmaydi. Biz tashkil etayotgan korxonaning atigi bir necha daqiqada davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani ham munga misol.

Elchining taʼkidlashicha, ustav fondi 50 million yevro boʻlgan korxona toʻliq quvvat bilan ishga tushgach, 2000 ming nafar fuqaro ish bilan taʼminlanishi mumkin. Bu viloyatdagi koʻplab ishsiz shaxslarning doimiy va yaxshigina daromadga ega boʻladi, deganidir.

— Bugungi kunda markazlarimizda 160 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda, — deydi DXA Samarqand viloyat boshqarmasi masʼul xodimi Begzod Isoqov. — Oʻtgan yilda markazlar orqali fuqarolarga jami 780 mingdan ziyod davlat xizmatlari koʻrsatildi. Albatta bunda davlat roʻyxatidan oʻtgan tadbirkorlik subyektlarining ulushi katta. Bu albatta ularga qaratilgan eʼtibor mahsulidir. Bilasizmi, har bir markazda investorlar xonasi ajratilgan boʻlib, ular maxsus jihozlangan xonada xizmatlardan yanada tezkor qulay va shaffof foydalanishlari mumkin.

Qayd etish kerakki, 2021-yilda jami 30 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Xususan, 12 076 ta yuridik shaxslar hamda 18 261 ta yuridik shaxs boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari shular jumlasidandir. Ularning 53 tasi xorijiy investitsiya ishtirokidagi (qoʻshma va xorijiy) korxonalardir.

DXA Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, loyiha egasi, xorijiy yuridik shaxs “Arona International B.V.» tomonidan Oʻzbekistonga birinchi investitsiya kiritilishi emas. Hozirgi kunda u tomonidan Namangan viloyatida ham 2 ta yirik sanoat korxonasi qurilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер