Ekstremistik gʻoyalarni targʻib qilgan “jihodchilar” terroristik oqimi aʼzosi qoʻlga olindi

Toshkent viloyati IIBB va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Oʻzbekistonda faoliyati taqiqlangan ekstremistik va terroristik oqim gʻoyalarini targʻib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotgan va Suriyadagi jangarilar, jihodchilar terroristik oqimi safiga qoʻshilishni maqsad qilgan shaxs qoʻlga olindi.
Bu haqda IIBB Axborot xizmati maʼlum qildi.
Xususan, 1998-yilda tugʻilgan Sh.A. (Parkent T.) telegram messenjeridagi profili orqali ekstremistik va terroristik oqim gʻoyalarini targʻib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotganligi aniqlangan.
Ushbu shaxs, “jihod” qilish va Suriyadagi jangarilar safiga qoʻshilish maqsadida, Turkiya davlati orqali Suriya davlatiga chiqib ketishi oldidan ushlandi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan va ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” tanlanib, jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring