Eksportyorlar nomiga ochilgan akkreditivlarni kredit taʼminoti sifatida qabul qilishga ruxsat beriladi

17:56 28 Iyun 2022 Siyosat
451 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezident eksportchilarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari yanada kengaytirilishini taʼkidladi.

Jumladan, Eksport agentligi tomonidan:

— eksport qiluvchi korxonalarga 5 million dollargacha aylanma mablagʻ uchun resurslar ularning eksport hajmidan kelib chiqib ajratiladi;

— korxonalarning xorijda omborxonalarni ijaraga olish xarajatlarini qoplab berish uchun cheklangan maydon 100 kvadrat metrdan 500 kvadrat metrga oshiriladi.

Eksportyorlar nomiga ochilgan akkreditivlarni kredit taʼminoti sifatida qabul qilishga ruxsat beriladi. Yaʼni, korxona eksport qilgan kundan boshlab oʻz xizmat koʻrsatuvchi bankidan akkreditivning 80 foizi miqdorida kredit olishi mumkin boʻladi.

Klaster va toʻqimachilik korxonalarining moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga oʻtishi qoʻllab-quvvatlanadi.

Bundan buyon moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish xarajatlarining 50 foizgacha qismi Moliya vazirligi tomonidan qoplab beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?