Ekspert xulosasi: «Omikron» dunyodagi eng yuqumli virus turiga aylanmoqda
Bugun dunyo yana bir global xatar bilan roʻbaroʻ kelgan. Ehtiyot choralari qanchalik kuchaytirilmasin, koronavirusning «omikron» shtammi sarhadlarni “tan olayotgani” yoʻq.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotida keltirilishicha, yangi variant aniqlangan mamlakatlar soni 106 taga yetdi. Eng yomoni, ushbu mutatsiya “delta”ga nisbatan ancha tez tarqalmoqda.
Masalan, dunyoda «omikron»dan ilk oʻlim holati bundan 10 kuncha avval Buyuk Britaniyada qayd etilgandi. Hozirga kelib bu mamlakatda ushbu variant bilan xastalanib vafot etganlar soni 14 nafarni tashkil etyapti.
Germaniya sogʻliqni saqlash vaziri Karl Lauterbax yangi shtamm tarqalishi tufayli hududda pandemiyaning beshinchi toʻlqini boshlanganini rasman eʼlon qildi.
Ammo mazkur xastalik oʻchogʻi boʻlgan Janubiy Afrika Respublikasida buning aksi kuzatilyapti: mamlakatda «omikron» aniqlangan davrda “COVID-19»ga chalinish holatlari qanchalik shiddatli tusda ortgan boʻlsa, hozir xuddi shu surʼatda pasayish qayd etilmoqda. Mutaxassislar buni Janubiy Afrikada eng yuqori choʻqqidan oʻtildi, deb izohlashyapti.
Shunga qaramay, AQSHning “Akron Beacon Journal” nashri «omikron» qizamiqdan keyin dunyodagi eng yuqumli virusga aylanganini yozdi. «Blumberg» nashri esa koronavirus, xususan, yangi shtammni yuqtirish xavfi samolyotda 2-3 baravar oshadi, degan xulosani eʼlon qildi.
Binobarin, rossiyalik olimlar oʻrganishlariga koʻra, «omikron»ning inkubatsiya davri odatda 3-6 kunni tashkil qiladi. Biroq kasallikning ilk belgilari bemor bilan aloqa qilgan kunning ertasiga ham paydo boʻlishi mumkin.
Qolaversa, ushbu mamlakat tadqiqotchilari yangi shtamm, ayniqsa keksa yoshli emlanmagan shaxslar orasida ogʻirroq kechishini aytishmoqda. Toʻliq va qoʻshimcha dozada olingan vaksinalar esa inson organizmining bu virus turiga qarshi kurashish samaradorligini oshiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring