Ekopartiya prezident sayloviga oʻz nomzodini eʼlon qildi

12:29 04 Avgust 2021 Jamiyat
868 0

Ekologik partiya markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumi boʻlib oʻtdi.

Unda Yangi Oʻzbekiston tarixida ilk bor yangi siyosiy kuch Oʻzbekiston Ekologik partiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi ishtirok etishi bilan bogʻliq masala muhokama qilindi. 

Unda mamlakatda tobora dolzarb boʻlib borayotgan ekologik muammolarni hal etish, jamiyatda aholining eʼtiborini ekologik muammolar va ularning yechimiga qaratish, inson salomatligini asrash va sogʻlom turmush tarzini taʼminlash borasida jamiyat oldida turgan oʻta muhim masalalarni hal etishni oʻz zimmasiga olgan holda partiyaning mazkur saylovda qatnashishi toʻgʻrisida Plenum qarori qabul qilindi.

Shuningdek, ushbu dolzarb masalalarni oʻzida aks ettirgan dastur bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashishi uchun partiya oʻzining boʻlajak nomzodini syezd muhokamasiga kiritish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Unga koʻra, Prezident saylovida Ekopartiya tomonidan partiya markaziy kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi Narzulla Oblomurodov nomzod sifatida qatnashadigan boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?