Ekologlar xulosasi: Yer maydonining 99 foizi xavfli zarralar bilan ifloslangan

Foto: Unsplash
Xitoy va Avstraliyadan bir guruh tadqiqotchilar dunyoning turli burchaklaridagi havoning ifloslanish darajasini o‘rganib, Yer hududining atigi bir foizdan kamrog‘ini xavfsiz, deb hisoblash mumkin degan xulosaga kelishdi.
Olimlar PM2.5 zarralari (o‘lchami 2,5 mikrongacha) bilan atmosferaning ifloslanishini o‘rganishdi.
Tadqiqot 65 mamlakatdagi kuzatuv stansiyalari maʼlumotlari va 2000 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrdagi meteorologik maʼlumotlarga asoslangan.
«2019 yilda Yer maydonining atigi 0,18 foizi va dunyo aholisining 0,001 foizi [Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan chegaradan] 5 mkg/m3 dan past konsentratsiyalarda o‘rtacha yillik PM2.5 taʼsiriga duchor bo‘lgan», deyiladi tadqiqotda.
Mualliflarning taʼkidlashicha, zararli zarralarning eng yuqori darajasi Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va Shimoliy Afrikada aniqlangan. Avstraliya, Yangi Zelandiya, Okeaniya va Janubiy Amerikaning boshqa mintaqalari havodagi o‘rtacha yillik PM2.5 eng past bo‘lgan mintaqalar qatoriga kirsada, lekin bu ko‘rsatkich meʼyordan yuqori bo‘lgan kunlar soni ortib bormoqda.
«Janubiy va Sharqiy Osiyoda 2000, 2010 va 2019 yillarda kunlarning 90 foizdan ortig‘ida kunlik PM2.5 konsentratsiyasi 15 mkg/m3 dan yuqori bo‘lgan. Okeaniyada, ayniqsa Avstraliya va Yangi Zelandiyada kunlar soni sezilarli darajada oshgan», deydi olimlar.
Shifokorlar ko‘p vaqtdan beri havodagi ushbu zarralarning yuqori konsentratsiyasi yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqarishini, shuningdek, inson organizmiga nomaʼlum oqibatlarga olib kelishini taʼkidlab kelishayotgan edi.
Tadqiqotchilar, shuningdek, bir qator hududlarda kuzatuv stansiyalari sonining kamligi tufayli tadqiqot natijalari real vaziyatni aks ettirmasligi mumkinligini taʼkidlashmoqda.
Mualliflar ushbu tadqiqotga hukumatlar eʼtibor qaratishiga va alohida ekologik standartlar joriy etilishiga umid qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring