YEXHT mintaqasi inson huquqlari boʻyicha milliy institutlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari oʻtkazildi

Polshaning Varshava shahrida YEXHT mintaqasi inson huquqlari boʻyicha milliy institutlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari oʻtkazildi.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (YEXHT DIIHB) tomonidan tashkil etilgan mazkur uchrashuvda 60 dan ortiq inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar rahbarlari, ularga yordam koʻrsatuvchi hukumatlararo tashkilot vakillari hamda sohaga oid milliy institutlar tarmoqlari vakillari ishtirok etishdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi 1992-yildan buyon Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashining toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi.
Oliy darajadagi uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova ham qatnashdi va ishtirokchilarni inson huquqlarini taʼminlash borasidagi Oʻzbekiston tajribasi bilan tanishtirdi.
Shuningdek, Ombudsman faoliyatini takomillashtirishga oid islohotlar va uning parlament bilan hamkorligi yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlarga toʻxtalindi.
Tadbir jarayonida ishtirokchilarga inson huquqlari boʻyicha barqaror milliy institutlarni oʻrganish, inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarning barqarorligini mustahkamlash boʻyicha DIIHB tomonidan ishlab chiqilgan qoʻllanmadan foydalanish boʻyicha xabardorlikni oshirish, ilgʻor xorijiy tajriba va amaliyotlarni oʻrganish, tahdid ostida boʻlgan inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hamkorlikni mustahkamlash va innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalarni aniqlash yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Ombudsman Polshaning Varshava shahriga qilgan xizmat tashrifi doirasida “Jinsiy va genderga asoslangan zoʻravonlik muammosini qamoqda saqlash monitoringiga integratsiya qilish” mavzusidagi mintaqaviy treningda ham ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring