YEXHT DIIHB direktori Toshkentga keldi

00:32 28 Aprel 2021 Siyosat
445 0

27-aprel kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (YEXHT DIIHB) direktori Matteo Mekachchi boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Besh kun davomida delegatsiya Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Markaziy saylov komissiyasi, Oliy sud, Tashqi ishlar, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirliklari, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, boshqa idora va tashkilotlarda uchrashuv va muzokaralar oʻtkazadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?