Yekaterina Fetisova “Irina Cup 2022” musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritdi

23:37 01 May 2022 Sport
1623 0

Ayni kunlarda Polshada badiiy gimnastika boʻyicha “Irina Cup 2022” turniri oʻtkazilmoqda. Quvonarlisi, unda ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz shohsupaga koʻtarilishdi.

Tokio — 2020 qatnashchisi Yekaterina Fetisova koʻpkurash dasturida 122,90 ball jamgʻarib oltin medalga sazovor boʻldi. 120,50 ochko toʻplagan boshqa bir yosh vakilamiz Yosmina Rahimova ikkinchi oʻrinni band etgan boʻlsa, ozarbayjonlik Ilona Zeynalova (116,55) kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Musobaqa davom etadi. Bugun sportchilar alohida snaryadlar dasturida ham gʻoliblik uchun kurash olib boradilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?