Ehtiyojmand oilalarga yangi uylar topshirildi

07:59 24 Sentyabr 2022 Jamiyat
364 0

Foto: Xalq so‘zi

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning sayyor qabullarida va mahallalardagi uchrashuvlarida ayrim kishilar turmush kechirish uchun noqulay joylarda, eski, yaroqsiz uylarda hech qanday hujjatsiz yashab kelayotgani aniqlangan. Ana shu holatlar hisobga olinib, Samarqand shahri hududida ehtiyojmand oilalar uchun 11 ta koʻp qavatli uy qurilishiga kirishilgan edi. Ayni paytda qurilish ishlari yakunlanib, tayyor boʻlgan xonadonlar aholiga topshirilmoqda. Mazkur uylarning 6 tasi foydalanishga topshirilib, 144 ta ehtiyojmand oila yangi uyga koʻchib oʻtdi.

Uylarni oʻz egalariga topshirishga bagʻishlangan tadbirda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etib, xonadon egalarini tabrikladi.

— Hujjatsiz, ruxsat etilmagan yaroqsiz uylarda bizni ertayu, kech doim bir tuygʻu, yaʼni hadik, qoʻrquv taqib qilib turardi, — deydi yangi uy egalaridan biri Sohiba Jalilova. — Bugun quvonchimiz va hayajonimizning cheki yoʻq. Mana shunday koʻrkam uylar qurilib, biz kabi oilalarga topshirilmoqda. Bu eʼtibor uchun Davlatimizdan, rahbarlarimizdan minnatdormiz.

Mazkur yangi uylar 2-3 xonadan iborat boʻlib, ularning har biri isitish tizimi, issiq va sovuq suv bilan taʼminlangan. Shuningdek, televizor, muzlatgich hamda boshqa jihozlar ham mavjud.

Qolgan 120 xonadonli 5 ta koʻp qavatli uylarning qurilishi esa davom etmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?