Ehtiyojmand xotin-qizlarga gulchilik sirlari oʻrgatilmoqda

Foto: Халқ сўзи
Andijon tumanidagi “Andijon gullar bogʻi” korxonasi qoshida gulchilik oʻquv markazi ish boshladi. Unda mahallalardagi “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kirgan xotin-qizlarga uy sharoitida gul hamda manzarali daraxt koʻchatlarini yetishtirish orqali daromad ishlab topish sirlari oʻrgatilmoqda.
— “Gul yetishtiruvchilar uyushmasi” koʻmagida tashkil etilgan markazimizda hozirda 15 nafar opa-singillarimiz gulchilikka oid bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirmoqda, — deydi tadbirkor Nodiraxon Nasriddinova. — Ularga qalamchani undirishdan tortib xaridorga koʻchat yetkazib berishgacha boʻlgan jarayon oʻrgatiladi. Buning uchun Turkiyadan soha mutaxassisini taklif etganmiz.
Oʻquv markazining aynan shu korxonada tashkil etilishining sababi bor. Bu yerdagi bogʻda parvarishlanayotgan 30 ming tup gul va manzarali butalar xorijdan keltirilgan boʻlib, ulardan olingan koʻchatlar Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring