Dzyudochilarimiz Olimpiadadagi ishtirokini yakunlashdi

12:35 31 Iyul 2021 Sport
878 0

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aralash jamoaviy bellashuvda chorak final yoʻllanmasi uchun bahs olib bordi.

Qiziqarli kechgan bellashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlandi. Oltin ochko uchun kechgan qoʻshimcha raundda +90 kg vazn toifasi tanlab olindi. Unda Bekmurod Oltiboyev Xenk Grolga shidolar boʻyicha imkoniyatni boy berib qoʻydi va raqib jamoa keyingi bosqichga yoʻl oldi, deb xabar berdi MOQ.

Shu tariqa, dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini ushbu nuqtada yakunladi. Fursatdan foydalanib, musobaqa davomida taqdim qilgan ajoyib kurash uchun vakillarimizga tashakkur aytib qolamiz. Eslatib oʻtamiz, ushbu Olimpiya oʻyinlarida -90 kg vazn toifasida kurashgan Davlat Bobonov delegatsiyamiz hisobiga bronza medalini taqdim qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?