Dzyudo: Vakillarimiz 4 ta medalga sazovor bo’lishdi

06:12 06 Avgust 2022 Sport
586 0

Qozog’istonda dzyudo bo’yicha Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ortda qoldi. O’rta vazn toifalarida kechgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz 2 tadan kumush va bronza medallarini qo’lga kiritishdi.

-73 kg vazn toifasida Murodjon Yo’ldoshev qozog’istonlik Daniyar Shamshayevga, -70 kgda Gulnoza Matniyazova yaponiyalik 3 karra jahon chempioni Yoko Onoga finalda imkoniyatni boy berdi. Shuningdek, yana ikki nafar vakilimiz bronza medali uchun bahsni muvaffaqiyatli o’tkazishdi.

Kumush medal:

-73 kg: Murodjon Yo’ldoshev

-70 kg: Gulnoza Matniyazova

Bronza medal:

-73 kg: Obidxon No’monov

-70 kg: Shohista Nazarova

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?