Dzyudo: terma jamoamiz Yevropa Ochiq chempionatida qatnashadi

10:27 03 Mart 2022 Sport
924 0

Shu yilning 5-6-mart kunlari Chexiya poytaxti Praga shahrida dzyudo boʻyicha Yevropa Ochiq chempionati boʻlib oʻtadi.

Unda dunyoning 5 qitʼasidagi 42 ta mamlakatdan jami 548 nafar (shundan 328 nafari erkak, 220 nafari esa ayol) sportchi gʻoliblik uchun bahs olib boishradi. Mazkur nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi dzyudochilari ham medallar va qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.

Yevropa Ochiq chempionatida terma jamoa murabbiylar shtabi, asosan, yosh va umidli sportchilarni sinab koʻrishga qaror qildi. Bugun tunda delegatsiyamiz aʼzolari Praga shahriga joʻnab ketishdi.

Chexiyaga yoʻl olgan terma jamoamiz tarkibi:

Ayollar:

-48 kg: Halimajon Qurbonova,

-57 kg: Shukurjon Aminova,

-57 kg: Nilufar Yermaganbetova,

-63 kg: Sevinch Isoqova,

-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva,

+78 kg: Fotima Quramboyeva.

Erkaklar:

-60 kg: Otabek Otanazarov,

-66 kg: Rahimjon Subhonov,

-81 kg: Ramazon Allaberdiyev,

-100 kg: Bahrom Rajabov,

+100 kg: Shohruh Baxtiyorov,

+100 kg: Oʻtkirbek Toʻraboyev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?