Dzyudo: Diyora Keldiyorova ikki karra Osiyo chempioni!

18:25 04 Avgust 2022 Sport
682 0

Qozogʻistonda dzyudo boʻyicha navbatdagi qitʼa birinchiligi boshlandi. 

Ushbu kun dasturida ikki vakilimiz shohsupaga koʻtarildi. -52 kg. vazn toifasida Diyora Keldiyorova barcha raqibalarini, xususan, finalda amaldagi jahon chempioni yaponiyalik Ai Shishimeni 1 daqiqadayoq magʻlubiyatga uchratib, ikkinchi bor Osiyo chempionligini qoʻlga kiritdi. 

Shuningdek, -66 kg. vazn toifasida Muhriddin Tilovov va -57 kg.da kurashgan Nilufar Ermagambetova bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Oltin medal:

-52 kg.: Diyora Keldiyorova

Bronza medal:

-66 kg.: Muhriddin Tilovov

-57 kg.: Nilufar Ermagambetova.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?