Dushanbeda “Koreya Respublikasi — Markaziy Osiyo” 14-hamkorlik forumi oʻz ishini boshladi

11:37 30 Noyabr 2021 Siyosat
329 0

Dushanbe shahrida “Koreya Respublikasi — Markaziy Osiyo” 14-hamkorlik forumi boshlandi. 

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Uchrashuvda Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosat yuzasidan fikr almashiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?