Dunyoning ikkinchi boy odami hisoblangan Jeff Bezos oʻrnini hindistonlik magnat Gautam Adani egalladi

22:41 17 Sentyabr 2022 Dunyo
1757 0

Foto: Arxiv surat

“Bloomberg”ning yil milliarderlari indeksida 14-oʻrindan joy egallash bilan boshlagan hindistonlik magnat Gautam Adanining boyligi 146,9 milliard dollarga yetdi. Bu Ilon Maskning 260 milliard dollar boyligidan keyingi eng ulkan miqdordir.

“Adani Enterprises” kompaniyasining aksiyalari shu hafta rekord darajaga koʻtarildi.

Bezosning boyligi 145,8 milliard dollarga tushib ketgan. “Amazon” aksiyalari esa bu yil 26 foizdan koʻproq pasaygan.

Adani fevral oyida Osiyoning eng boy odami sifatida vatandoshi Mukesh Ambanini ortda qoldirgan edi. Aprel oyida esa 100 milliardlik dovonni zabt etdi hamda soʻnggi ikki oy ichida Bill Geyts va Fransiyalik Bernar Arnodan oʻzib ketdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?