Dunyoni jiddiy oziq-ovqat inqirozi kutmoqda — BMT

01:09 06 May 2021 Dunyo
917 0

Oʻtgan yili dunyoning 55 mamlakati va mintaqasida kamida 155 million kishi turli mojarolar, iqlim oʻzgarishi hamda koronavirus pandemiyasi oqibatida kelib chiqqan iqtisodiy inqirozlar natijasida kuchli ochlik holatiga tushib qolgan.

Bu 2019-yilga nisbatan deyarli 20 million kishiga koʻpdir, deyiladi BMT hisobotida.

Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligi muammosi eng dolzarb boʻlib qolmoqda. Unga duch kelgan qariyb 98 million odam ushbu qitʼada yashaydi.

Biroq, ochlik muammosi dunyoning boshqa qismlaridagi mamlakatlarga ham taʼsir koʻrsatmoqda. Masalan, 2020-yilda eng jiddiy oziq-ovqat inqiroziga uchragan davlatlar oʻnligiga Yaman, Suriya va Afgʻoniston kirgan.

Ekspertlarning fikriga koʻra, 2017-yildan beri oziq-ovqat xavfsizligi borasida vaziyat yomonlashib kelmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?